"Sahro sadosi" III xalqaro festivali

“Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasidagi tadbirlar Tuproqqal’a tarixiy yodgorligida davom etdi.

Talaba-yoshlar va turistlar ishtirokida Tuproqqal’a tarixiy yodgorligiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar yodgorlikning tarixiy ahamiyati, uning o‘ziga xos me’moriy xususiyatlari hamda boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, dastur doirasida rasm chizish ko‘rik-tanlovi ham tashkil etilib, unda yoshlar Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor tarixiy joylarini o‘z asarlarida badiiy talqin etdilar. Tadbir nafaqat bilim, balki ijodiy qobiliyatni ham namoyon etishga keng imkoniyat yaratdi.