TDIU Toʻrtkoʻl fakulteti talabalari Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi

TDIU Toʻrtkoʻl fakulteti talabalari Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toʻrtkoʻl fakulteti talabalari uchun amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida Davlat xizmatlari markaziga tashrif tashkil etildi.

 Tashrif davomida talabalar markaz faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, raqamli tizimlar hamda fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.  Mutaxassislar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron xizmatlar imkoniyatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.  Ushbu tashrif talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash, davlat xizmatlari tizimi faoliyatini yaqindan o‘rganish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba orttirish imkonini berdi.