TDIU-TF Jamoaviy klublar

TDIU-TF Jamoaviy klublar

Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Toʻrtkoʻl fakulteti Yoshlar ittifoqi qoshidagi jamoaviy klublar haqida ma'lumotlar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, To‘rtko‘l fakulteti Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar bir necha yildan beri talabalarni qiziqishlariga mos ravishda turli tanlovlar, ligalar va musobaqalarga faol jalb qilib kelmoqda.

Masalan, “Sport” klubi sport musobaqalarini, “Zakovat” klubi esa universitet zakovat ligasini muntazam tashkil etadi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida dolzarb mavzularda debatlarni uyushtiruvchi “Debate Club” ham doimiy ravishda turli musobaqalar tashkil etadi.

Bundan tashqari, xorijda o‘qish yoki til o‘rganishga qiziqqan talabalar uchun “Travel Club” va “Speaking Club” faoliyat yuritadi.

Fan sohasiga oid musobaqalarni o‘tkazuvchi  Iqtisodchilar klubi, yoshlarni kitob o‘qishga jalb qiluvchi “Book Club”, san’at va qo‘l mehnatiga oid tanlovlarni olib boruvchi “Art Club” va “Hand Made Club” klublari ham o‘z faoliyatini yuritadi.