TDIU To‘rtko‘l fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida To‘rtko‘l tuman hokimi I. Xudayberganovning tashrifi alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur uchrashuv yoshlar siyosatini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim platforma sifatida namoyon bo‘ldi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi 2-Mintaqaviy hudud, Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig'i Sh. Abdullayev, To'rtko'l tumani IIB boshlig'i o'rinbosari A. Pishiyev, TDIU To'rtko'l fakulteti dekani R. Raxmanov, fakultet professor o'qituvchilari va talabalari ishtirok qildilar.
Tadbir davomida To'rtko'l fakulteti dekani R.Raxmanov xalqaro "Vatan iftixori" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi, qolaversa bir guruh iqtidorli va sport musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallagan talabalarga ham maxsus diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.