“Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivali doirasida TDIU To‘rtko‘l fakulteti talabalari yana bir bor o‘z faolligi va tashabbuskorligini namoyon etishdi!
Ushbu festival nafaqat Orolbo‘yi hududiga xos baliq taomlarini targ‘ib qilish, balki milliy gastronomik merosimizni keng ommaga tanitish, yoshlar o‘rtasida birdamlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Fakultet talabalari festival davomida o‘z ijodkorligi, jamoaviy ruhi va faol ishtiroki bilan turli ko‘rgazma hamda taqdimotlarda munosib qatnashdi.
Festivalning eng e’tiborli jihatlaridan biri — Orol baliqlaridan tayyorlangan 99 turdagi milliy va zamonaviy taomlar namoyishi bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbir doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari yoshlarga ko‘tarinki ruh va unutilmas taassurotlar ulashdi. Talabalar chaqqonlik, hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, bellashuvlarda faol ishtirok etdilar.