Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi

TDIU To‘rtko‘l fakultetida yangi Talabalar turar joyi ochildi!

TDIU To‘rtko‘l fakultetida yangi Talabalar turar joyi ochildi!

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining To‘rtko‘l fakultetida yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

 Ochilish marosimi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, To‘rtko‘l tumani hokimligi, TDIU rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va jamoatchilik vakillari yangi TTJda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xonalarning jihozlanishi, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va zamonaviy infratuzilma ko‘zdan kechirildi.


Yangi TTJda talabalar uchun shinam yashash xonalari, sport zallari, ma’naviyat va mutolaa xonalari, shaxmat-shashka burchaklari, zamonaviy oshxona, hordiq chiqarish joylari hamda ta’lim olish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur zamonaviy maskan talabalarning qulay yashashi, sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama rivojlanishi uchun xizmat qiladi.